» » “O‘zstandart” xalqaro standartlar bo‘yicha ishlay boshlaydi

“O‘zstandart” xalqaro standartlar bo‘yicha ishlay boshlaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya agentligining faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjatga keltirilgan rasmiy sharhda “O‘zstandart” agentligi faoliyati bilan bog‘liq yechimini topmay kelayotgan bir qancha masalalar tilga olinadi.

Agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga javob bermas, belgilangan vazifalarning samarador bajarilishini ta’minlamas edi. ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish ishi yaxshi tashkil etilmagan edi. Milliy standartlashtirish hujjatlari fondida ularning ulushi 13 foizni tashkil etadi. Shu va boshqa kamchiliklar hujjatda tilga olindi.

Bundan tashqari, agentlik respublika korxonalariga xalqaro sifat boshqaruvchi tizimlarini joriy etish bo‘yicha ko‘mak berish ishida oqsamoqda. Nihoyat, respublikaning mavjud etalon bazasi sanoatning alohida sohalarida qo‘llanuvchi yuqori aniqlikdagi uskunalarni metrologik nazorat bilan qamrash imkonini bermas edi.

Prezident qarori bilan “O‘zstandart” agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bular:

Hujjatda, shuningdek, 2017–2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi ishining samaradorligini oshirish hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ma’qullandi. U standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, agentlik laboratoriyalari hamda mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilishni, zamonaviy yuqori aniqlikka ega o‘lchash va tekshirish apparaturasi bilan qayta jihozlashni ko‘zda tutadi.
2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish, ularning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobarga oshirish ko‘zlanmoqda. Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi sifat menejmenti tizimlari joriy etiladi, 2020-yilda esa ularning soni 4,6 barobarga o‘sadi.

“O‘zstandart” agentligi qoshida “O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyasi markazi” hamda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarining ta’sis etilishi rejalashtirilgan. “Respublika sinov va sertifikatsiya markazi” qayta tuziladi.

Etalon bazasini davlat budjetidan etalonlarni va eng yuqori aniqliklarni o‘lchash vositalarini xarid qilish yo‘li bilan rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют