» » “O‘zstandart” Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutining 12 qo‘mitasiga a‘zo bo‘ldi

“O‘zstandart” Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutining 12 qo‘mitasiga a‘zo bo‘ldi


“O‘zstandart” agentligi SMIIC tashkilotining 12 ta texnik qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zstandart” agentligi 13-sentabr kuni Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutining quyidagi texnik qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan:

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro savdo munosabatlarini  rivojlantiradi, yangi standartlarni ishlab chiqadi, mavjud standartlarni  IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida kelishish bo‘yicha ish yuritib, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etadi.

‘‘O‘zstandart” agentligining qo‘mitalarga a’zo bo‘lishi O‘zbekistonning “halol” mahsulot va xizmatlar bozoriga kirishi, SMIIC tashkilotiga a’zo davlatlar bilan birga xalqaro standartlarni bevosita ishlab chiqishi imkonini beradi.

Avvalroq “O‘zstandart” agentligi Xitoyning Standartlashtirish Administratsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqda xabar bergandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют