» » O‘zstandart” agentligi OAV xodimlariga xalqaro standartlarni qabul qilish va uni sohalarga joriy etishning dolzarbligi haqida ma’lumot berdi

O‘zstandart” agentligi OAV xodimlariga xalqaro standartlarni qabul qilish va uni sohalarga joriy etishning dolzarbligi haqida ma’lumot berdi


“O‘zstandart” agentligi ommaviy axborot vositalari xodimlariga xalqaro standartlarni qabul qilish va uni sohalarga joriy etishning dolzarbligi haqida ma’lumot berdi, bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Agentlik tizimidagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti mas’ullari qatnashdi.

Uchrashuvda ta’kidlab o‘tilganidek bugungi kunda mamlakatda 1214 ta (yil yakuni bilan jami 2660 ta qabul qilinadi) yangi standartlar qabul qilinib, ulardan: 1173 tasi xalqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashganligi;

247 ta yangi turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo texnologiyasi, neft mahsulotlari, temir yo‘l texnikasi va boshqa sohalarda) ishlab chiqarilishi standartlar bilan ta’minlandi;

— ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini baholash uchun zamonaviy sinov usullar (eksperss metodlar)ning xorijiy mamlakatlarning bozorlarida qabul qlingan 967 ta standartlari joriy qilindi;

— tadbirkorlarga qullaylik yaratish maqsadida bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan 30 ta standartlar amaliyotdan chiqarilib, 132 tasi qayta ko‘rib chiqildi;

— mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amerika materiallarni sinovlari standartlari tashkilotining (ASTM) ko‘magida 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratildi;

— respublikada amalda bo‘lgan 207 ta (shu jumladan 24 tasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun) sanitariya-gigiyena me’yorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlari olib borilmoqda;

— 836 ta korxonalarda xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 497 taga yetkazildi;

— xalqaro standartlarni joriy qilish natijasida iste’mol bozoriga sifatsiz bo‘lgan 52 turdagi jami 1 mlrd 905 mln so‘mlik mahsulot kirib kelinishining oldi olindi;

Uchrashuv so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют