» » O‘zbekistonda Standartlashtirish va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

O‘zbekistonda Standartlashtirish va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi


Hukumat qarori bilan “O‘zstandart” agentligi huzurida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Ilmiy-tadqiqot institutining ustavi hamda tuzilmasi;

Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

O‘zbekiston hududida qabul qilingan standartlar to‘g‘risidagi ma’lumot agentlik va institutning rasmiy saytlarida qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют