» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishiga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda esa yana 26 nafar kursantda virus aniqlandi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishiga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda esa yana 26 nafar kursantda virus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 356 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 3,7 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 9932 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4900 kishi sog‘aygan, 37 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 68 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. Yangi aniqlangan bemorlarning 35 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri keladi — ularning 26 nafari Sankt-Peterburgdan kelgan kursantlar.

Bundan tashqari, Rossiyaning Buzuluk shahridan avtobusda kelgan qirg‘izistonliklarning 21 nafarida ham COVID-19 aniqlangan — ularning 11 nafari homilador va 10 nafari talaba.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida koronavirusga chalingan 22 kishi sog‘aygan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1088 kishiga yetdi.

Tojikistonda esa 28-may holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 139 kishiga ko‘payib, 3563 kishiga yetgan.

O‘tgan bir sutkada mamlakatda 99 kishi kasallikdan tuzalgan, tuzalganlarning umumiy soni esa 1674 nafarga yetgan. Kasallik oqibatida 47 nafar bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekistonda 2020-yil 29-may soat 16:45 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3468 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda shu kungacha bemorlarning 2723 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 731 nafar bemor davolanishda qolmoqda. O‘zbekistonda 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют