» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 9 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 1,5 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 9 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 1,5 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 335 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 3,7 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 9304 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4613 kishi sog‘aygan, 37 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda 27-may holatiga ko‘ra, yana 52 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

Xususan:

Kasallikni yangi yuqtirib olganlarning 12 nafari tibbiyot xodimlari — 5 nafari Bishkekda va 7 nafari Norin viloyatida.

O‘tgan bir sutka ichida 6 nafar tibbiyot xodimi COVID-19’dan sog‘aygan.

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1520 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar 1043 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natdi

Tojikistonda 26-may holatiga ko‘ra, yana 379 kishida koronavirus aniqlandi. Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3266 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Tojikistonda 2588 kishi tibbiyot xodimlari nazorati ostida qolmoqda. So‘nggi bir sutka davomida 436 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 27-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 3333 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatda bo‘yicha 683 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, 2636 nafar bemor butunlay sog‘aygan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют