» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 ming kishidan, Qozog‘istonda esa 9,5 ming kishidan oshdi

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 ming kishidan, Qozog‘istonda esa 9,5 ming kishidan oshdi


Afg‘onistonda 27-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 12 ming kishidan oshib ketdi, hozirga qadar 277 bemor COVID-19 qurboniga aylangan, deb xabar beradi Tolo News.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka davomida yana 625 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 12 456 kishiga yetgan, 7 kishi virus oqibatida vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1138 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 272 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews. Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 9576 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4768 kishi sog‘aygan, 37 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda 28-may holatiga ko‘ra, yana 74 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Xususan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1594 kishiga yetdi. O‘tgan bir sutka davomida kasallik aniqlangan bemorlarning 27 nafari tibbiyot xodimlari hisoblanadi, shuningdek, bir sutka ichida 6 nafar tibbiyot xodimi sog‘aygan.

Qirg‘izistonda hozirga qadar koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlarining soni 326 nafarga yetdi, ularning 247 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19’dan sog‘aygan jami bemorlar soni 1066 kishiga yetgan.

O‘zbekistonda 28-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarni tashkil etmoqda. Bugungacha bemorlarning 2668 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Buxoroda bir oilaning yetti vakilida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют