» » O‘zbekistonda 5-iyundan futbol bellashuvlarini davom ettirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 5-iyundan futbol bellashuvlarini davom ettirishga ruxsat berildi


O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlar tomoshabinlarsiz futbol bahslarini 5-iyundan davom ettirishga ruxsat berildi. Bu haqida Respublika maxsus komissiyasi axborotida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat beriladi.

“Futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublari o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashlari mumkin”, — deyiladi komissiya xabarida.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinishning ilk holati 15-mart kuni qayd etilgandi. Shundan so‘ng mamlakatdagi boshqa sport turlari qatori futbol bo‘yicha musobaqalar ham to‘xtatib qo‘yilgandi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilgi Superliga bahslarida 3 ta tur ortda qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют