» » O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi


Prezident qarori bilan Siddiqov Furqat Ahmedovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qilgan.

Furqat Siddiqov 1971-yilda tug‘ilgan. U 2015-yildan beri O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bunga qadar esa O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida birinchi kotib lavozimida faoliyat olib borgan.

2020-yil 23-aprelda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Erkin Hamroyev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 22-martda Avazbek Hojimetov tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari, Rahmatulla Nazarov Tashqi ishlar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallagan. 20-martda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan Sherzod Asadovning tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingan. 25-fevralda O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ayni paytda tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani, sobiq birinchi o‘rinbosar lhom Ne’matov vazir o‘rinbosari sifatida lavozimini saqlab qolgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют