» » Jizzaxda haydovchilar uxlab qolishi oqibatida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Uch kishi shifoxonaga tushdi

Jizzaxda haydovchilar uxlab qolishi oqibatida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Uch kishi shifoxonaga tushdi


Jizzax viloyatida 29 va 30-may kunlari haydovchilarning uxlab qolishi bilan bog‘liq ikkita yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.

Birinchi hodisa 29-may kuni soat 18:00 larda Zomin tumani hududidan o‘tgan Jizzax–Qo‘qon A-376 avtomobil yo‘lining 251-kilometrida sodir bo‘lgan. Dashtobod—Jizzax yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan G‘allaorol tumanida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan B.S. Nexia avtomobili rul boshqaruvida uxlab qolishi oqibatida yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan 1994-yilda tug‘ilgan A.K.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida 26 yoshli A.K. chap o‘mrov suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan RShTYoIMning Jizzax filiali Travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Ikkinchi YTH 30-may kuni soat 03:40 lar atrofida Toshkent–Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 1024-kilometrida yuz bergan. Samarqand–Toshkent yo‘nalishida surxondaryolik 1994-yilda tug‘ilgan A.Y. Nexia avtomobilini boshqarib borayotib, rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zidan oldinda bo‘lgan “Kamaz” yuk mashinasi tirkamasining orqa chap qismiga urilgan.

YTH oqibatida Nexia yo‘lovchilari 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro va 2018-yilda tug‘ilgan bola RShTYoIMning Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jizzax viloyati hududida ilgari ham haydovchilarning uxlab qolishi oqibatida YTHlar kuzatilgandi. 29-aprel kuni M-39 avtomobil yo‘lining 967-kilometrida Matiz haydovchisi uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘darilib ketgan, haydovchi va 13 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi. 8-may kuni M-39 avtomobil yo‘lining 1029-kilometrida Cobalt haydovchisi uxlab qolishi oqibatida mashina yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan va haydovchi vafot etgandi.

Mavzuga doir: Jizzaxdagi YTHda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushgan. Haydovchi esa oynadan otilib ketgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют