» » Jizzaxda haydovchilar uxlab qolishi oqibatida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Ona-bola shifoxonaga tushdi

Jizzaxda haydovchilar uxlab qolishi oqibatida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Ona-bola shifoxonaga tushdi


Jizzax viloyatida 29 va 30-may kunlari haydovchilarning uxlab qolishi bilan bog‘liq ikkita yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.

Birinchi hodisa 29-may kuni soat 18:00 larda Zomin tumani hududidan o‘tgan Jizzax–Qo‘qon A-376 avtomobil yo‘lining 251-kilometrida sodir bo‘lgan. Dashtobod—Jizzax yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan G‘allaorol tumanida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan B.S. Nexia avtomobili rul boshqaruvida uxlab qolishi oqibatida yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan 1994-yilda tug‘ilgan A.K.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida 26 yoshli A.K. chap o‘mrov suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan RShTYoIMning Jizzax filiali Travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Ikkinchi YTH 30-may kuni soat 03:40 lar atrofida Toshkent–Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 1024-kilometrida yuz bergan. Samarqand–Toshkent yo‘nalishida surxondaryolik 1994-yilda tug‘ilgan A.Y. Nexia avtomobilini boshqarib borayotib, rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zidan oldinda bo‘lgan “Kamaz” yuk mashinasi tirkamasining orqa chap qismiga urilgan.

YTH oqibatida Nexia yo‘lovchilari 1996-yilda tug‘ilgan O‘.T. ismli ayol va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi N.Y. RShTYoIMning Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jizzax viloyati hududida ilgari ham haydovchilarning uxlab qolishi oqibatida YTHlar kuzatilgandi. 29-aprel kuni M-39 avtomobil yo‘lining 967-kilometrida Matiz haydovchisi uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘darilib ketgan, haydovchi va 13 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi. 8-may kuni M-39 avtomobil yo‘lining 1029-kilometrida Cobalt haydovchisi uxlab qolishi oqibatida mashina yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan va haydovchi vafot etgandi.

Mavzuga doir: Jizzaxdagi YTHda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushgan. Haydovchi esa oynadan otilib ketgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют