» » Forbes Kayli Jennerni milliarder deb atamaslikka qaror qildi. U o‘zining biznesi haqida yolg‘on so‘zlagan

Forbes Kayli Jennerni milliarder deb atamaslikka qaror qildi. U o‘zining biznesi haqida yolg‘on so‘zlagan


Forbes jurnali amerikalik model Kayli Jennerning boyligini qaytadan baholab, uning qiymatini milliard dollardan 900 million dollarga tushirib yubordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jenner 340 million dollarni 2019-yilning noyabrida uning kosmetika brendini xarid qilish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan Coty bitimi natijasida qo‘lga kiritgan.

Jennerning Kylie Cosmetics’dagi ulushi ta’kidlanganidek 49 foizni emas, balki 44,1 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri sabab ulushdagi foizlar qiymati arzonlashgan.

Shuningdek, Forbes Jennerning oilasi 2016-yildan buyon har yili biznesning ko‘lami va muvaffaqiyati haqida yolg‘on so‘zlab kelgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, Jennerlar oilasining hisobchisi jurnalga katta ehtimol bilan yolg‘on ma’lumotlar qayd etilgan soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kim Kardashyanning 22 yashar singlisi Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topilgandi.

Mavzuga doir: Foto: Dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi model — Kendall Jennerning Gollivuddagi uyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют