» » Rossiya ko‘chalarida yangi dizaynga ega Lada Largus paydo bo‘ldi

Rossiya ko‘chalarida yangi dizaynga ega Lada Largus paydo bo‘ldi


“AvtoVAZ” yangilangan Lada Largus FL’ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar kamuflyaj ostidagi yangi dizaynga ega model Tolyatti ko‘chalarida paydo bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Yangilanish avtomobilning old qismiga tegishli — Largus Vesta va XRay kabi X ko‘rinishidagi old tomonga ega bo‘ladi. Aynan shu sabab bilan bir yil oldin Granta oilasi modernizatsiya qilingandi. Bundan tashqari, yangi dizayn doirasida old panel ham yangilanadi. Modelning texnik tomoni o‘zgarishsiz qoladi: Largus FL’ga 1,6 litrli 87 yoki 106 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi. U mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Lada Largus’ning yangilangan dastlabki uch nusxasi 2020-yilning fevralida konveyrdan chiqqandi. Taxminlarga ko‘ra, model yoz faslida taqdim etiladi va kuzdan boshlab sotuvga chiqariladi.

Bugungi kunda universal Lada Largus narxi 627,9 ming rubl (8800 dollar)dan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют