» » Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi

Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifati tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi. Avtotransport va piyoda harakatlanishi qat’iy nazoratga olindi.

“Hurmatli vohamiz ahli, viloyatimiz hokimi Zoir Mirzayev ham bir necha bor siz azizlarga murojaat bilan chiqib, barcha hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko‘chada niqobda bo‘lish, jamoat joylarida masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena singari bir qator qoidalarga ‘yashil’ hududda ham amal qilish kerakligini unutmang, deya ta’kidlashlariga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Erkinlik va imtiyozlarni qadriga borida yetaylik!”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon va Toshkent viloyatining Parkent, Samarqandning Toyloq tumanlariga kirish-chiqish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 30-may kuni O‘zbekistonning tuman va shaharlari kesimida karantin darajasini qayta ko‘rib chiqdi. O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi, “yashil” hududlarda to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют