» » Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ta’til pullarini olishida muammo bo‘lmasligini bildirdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ta’til pullarini olishida muammo bo‘lmasligini bildirdi


Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning mehnat ta’tili uchun to‘lov pulini to‘liq ololmasliklari xavotiri yuzaga kelayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi.

Vazirlik axborot xizmati bergan xabarda shunday deyiladi: “Xalq ta’limi tizimi xodimlarini yillik asosiy mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirish uchun o‘rtacha ish haqini hisoblashda direktor jamg‘armasidan to‘langan to‘lovlar inobatga olinmasligi xavotirga solmoqda. Bu haqda vazirlikka murojaatlar yuborilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda”.

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra bu kabi xavotirlar asossiz va ta’til pulini to‘lashda direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan to‘lovlar hisobga olinadi.

Tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun Xalq ta’limi, Oliy ta’lim, Maktabgacha ta’lim hamda Moliya vazirliklarining qo‘shma ko‘rsatma xati ham tayyorlangan.

Xatda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turilgan.

Biroq Mehnat kodeksida yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanishi ko‘rsatilgan.

“Mehnat ta’tili pulini hisoblashda direktor jamg‘armasi va Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan barcha to‘lovlar inobatga olinadi.

Bunda xodimlar uchun oxirgi bir yil davomida direktor jamg‘armasi va Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan barcha to‘lovlarni (har oylik ustama, mukofot, moddiy yordam) o‘n ikkidan birga (birinchi yil ishlovchi pedagog xodimlar ishlagan davriga mutanosib holda olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga, yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga) oshirgan holda hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlar yetakchisi vazifasi yuklangan o‘qituvchiga (xodimga) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi”, deyilgan ko‘rsatma xatida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют