» » O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi”

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi”


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.

Mazkur bayonot xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning “Kun.uz” nashriga bergan intervyusiga qo‘shimcha sifatida e’lon qilingan. Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondashilgan, intervyuning ayrim qismlarini konteksdan ajratib noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchragan.

Vazirlik “sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettirishi”ni ma’lum qilgan.

“Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Mavzuga doir: Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov: Nima uchun o‘qituvchi o‘z huquqlarini o‘zi himoya qilmaydi? (video)

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют