» » Samarqandda YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatida YPX inspektorining xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilib, unga qo‘l ko‘targan harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaro S.R. 2019-yilning 28-sentabr kuni soat taxminan 16:30 da turmush o‘rtog‘i, harbiy xizmat serjanti F.R. boshqaruvidagi avtomobil hujjatlarini talab qilgan YPX inspektori ishiga xalal berib, unga qo‘l ko‘targan.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 1-otryadi YPX katta inspektori, kichik serjant M.Qo‘rg‘onov Samarqand tumani “Qo‘shtamg‘ali” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1085-kilometrida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan Spark haydovchisining qoidabuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Bu paytda savdo do‘konidan qaytgan haydovchining turmush o‘rtog‘i S.R. esa YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatib, uning xizmat kiyimidan tortgan. Egnidagi ko‘ylagining chap yelka qismidagi pogoni, bo‘yinbog‘i va ko‘krak nishonini tortib olib, xodimni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun rasmiylashtirilayotgan bayonnomani esa yirtib, yaroqsiz holga keltirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi sudyasi Davron Nuraliyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha S.R. Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Karantin sabab sud ishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют