» » Ronaldo o‘zi doim kuzatib boradigan 5 futbolchi nomini aytdi. Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q

Ronaldo o‘zi doim kuzatib boradigan 5 futbolchi nomini aytdi. Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q


“Real” klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo besh nafar futbolchining ismini aytib, ularning o‘yiniga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

“Albatta, Messi birinchi o‘rinda, u — iste’dodli futbolchi. Yana u kabi o‘yinchilarni ko‘rish uchun bizga 20-30 yil kerak bo‘ladi. Menga Saloh, Azar va Neymarning o‘yini yoqadi. Va, albatta, Mbappe ham. Ko‘pchilik meni u bilan taqqoslaydi. Bizning o‘xshash tomonlarimiz bor, lekin men hech qachon taqqoslashlarni yoqtirmaganman, ayniqsa, turli avlod o‘yinchilari bo‘lsa. Chunki har davrning o‘z mezonlari bor”, — deydi Ronaldo.

Mavzuga doir: Roberto Karlos: Ronaldo — ideal futbolchi. Messi yoki Ronaldu unga teng kelolmaydi

E’tiborga molik jihati braziliyalik afsonaning ro‘yxatidan “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olmadi.

35 yoshli Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyaning 22 ta o‘yinida maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 golga hammualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют