» » Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun yana 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun yana 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi


Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq shu haftada Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya federatsiyasi, BAA va Misr Arab respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshriladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilgan.

1–7-iyun kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi:

1-iyun. Toshkent–Istanbul–Toshkent

2-iyun. Toshkent–Moskva–Toshkent

3-iyun. Toshkent–Sharja–Toshkent

3-iyun. Toshkent–Moskva–Toshkent

4-iyun. Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent

5-iyun. Toshkent–Moskva–Toshkent

6-iyun. Qohira–Toshkent–Qohira

6-iyun. Toshkent–Novosibirsk–Toshkent

7-iyun. Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: 100 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan, navbat kutmoqda

Avval tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25–31-may kunlari 8 ta qatnov amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют