» » 1-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda sport to‘garaklari, fitnes klublar va sport zallari faoliyatiga ruxsat berildi

1-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda sport to‘garaklari, fitnes klublar va sport zallari faoliyatiga ruxsat berildi


O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-maydagi qaroriga asosan 2020-yil 1-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga o‘quv-mashg‘ulotlarni sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq holda boshlashga, 2020-yil 5-iyundan esa O‘zbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. Futbol o‘yinlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.

1-iyun, dushanba kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videokonferensiya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra “sariq” va “yashil” hududlarda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlandi. Unda vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq karantin davrida faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar o‘qib eshittirildi.

Buyruqqa muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda “sariq” va “yashil” hududlarda joylashgan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qolaversa, sport inshootlariga (shu jumladan, ochiq maydonlar) kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o‘lchash, 37 daraja va undan yuqori tana harorati bo‘lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqida sog‘liqni saqlash bo‘limlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg‘ulotlarini soat 07:30 dan 18:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etishga qat’iy amal qilinadi.

Shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

Har bir sport inshootida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlarini hududlarda o‘tkazish bo‘yicha mahalliy hokimliklar, hududiy sog‘liqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishish, mahallalarga biriktirilgan murabbiylar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda to‘planmaslik choralari ko‘riladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют