» » Qirg‘iziston bilan chegaradagi nizo oqibatida Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan

Qirg‘iziston bilan chegaradagi nizo oqibatida Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan


Qirg‘izistonda Botken viloyatining Qadamjoy tumanida ikkita yong‘in holati kuzatilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib “Turmush.kg” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, “Birlik” fuqarolar yig‘inining Chechme qishlog‘ida 40 kvadrat metr maydondagi uy, shuningdek, 60 kvadrat metr xonadon omborxonasi yonib ketgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Keyinroq Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 31-may kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi Qadamjoy tumanining Chechme qishlog‘idagi 60 kvadrat metr maydonga ega omborxona yonib ketganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston davlat chegarasidagi hududda 2020-yil 31-may kuni Chechme bulog‘i suvidan foydalanish borasida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ushbu suv o‘zani Botken viloyatidagi Qadamjoy tumanining Birlik ayil aymog‘ida joylashgan.

Qirg‘izlarning Chechme qishlog‘i hamda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi Chashma qishlog‘i aholisi o‘rtasidagi mojaro, taxminan, soat 12:30 larda boshlangan va ikki tomon bir-birlariga turli buyumlar, toshlar uloqtirgandi. O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari Chashma bulog‘i oldida 31-may, yakshanba kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqanini tasdiqlagan va vaziyat to‘liq nazoratga olingani, mojaroning sabab hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini bildirgan. Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarov esa vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘yilmasligini qayd etgan.

Keyinchalik 31-may kuni yuz bergan mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgani, mojaro oqibatida O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in yuz bergani, bosh vazir Abdulla Aripov zarar ko‘rgan oilalar xonadonlarining qisqa muddatda tiklab berilishini aytgani haqida xabarlar berilgan. Shavkat Mirziyoyev chegaradagi voqea yuzasidan Qirg‘iziston prezidenti bilan muloqot qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют