» » Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan janjal oqibatida 5 nafar tojikistonlik jarohatlandi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan janjal oqibatida 5 nafar tojikistonlik jarohatlandi


Tojikiston va Qirg‘iziston chegarada yuz bergan janjal oqibatida besh kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi yaqinidagi qishloqda 200 kishi ishtirokida janjal yuz bergan. Chegaradosh qishloqlar aholisi bir-birlarini toshbo‘ron qilgan.

Qirg‘iziston tomoni nizo oqibatida olti kishi jarohatlangani haqida xabar bergan. Ma’lum qilinishicha, nizoga tojikistonliklar tomonidan Qirg‘iziston fuqarosining kaltaklanishi sabab bo‘lgan.

Tojikistonning Isfara shahri ma’muriyati tomonidan ma’lum qilinishicha, Botken tumanining Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi Somoniyon qishlog‘ida yashovchi besh fuqaroni kaltaklagan. Somoniyon qishlog‘i aholisi ko‘ktoshliklarni to‘xtatish uchun chiqqan, natijada ikki tomon bir-birini toshbo‘ron qilgan. Qirg‘iziston chegarachilari o‘q uzganidan so‘ng tojikistonlik chegarachilar javob qaytargan.

Qayd etilishicha, hozirda vaziyat barqarorlashgan. Jabrlangan besh nafar tojikistonlik kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют