» » Qirg‘izistonda YTHga uchragan farg‘onalik fuqaro vafot etdi

Qirg‘izistonda YTHga uchragan farg‘onalik fuqaro vafot etdi


Qirg‘izistonda YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Botken viloyatining Qadamjoy tumani hududiy shifoxonasi ma’lumotlariga asoslanib, “Turmush” xabar berdi.

Farg‘onalik 33 yoshli fuqaro 25-fevral kuni Qirg‘izistonning Oqtuproq qishlog‘ida yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi. U o‘zining Matiz avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va ag‘darilib ketgan.

Fuqaroga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilganiga, jarohat yetgan boshi operatsiya qilinganiga qaramay, 27-fevraldan 28-fevralga o‘tar kechasi olamdan o‘tgan.

Marhumning jasadi uning yaqinlari tomonidan olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют