» » Abdulla Aripov: “So‘x—Rishton yo‘li YeOII talabi sabab yopib qo‘yilgan”

Abdulla Aripov: “So‘x—Rishton yo‘li YeOII talabi sabab yopib qo‘yilgan”


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Chashma” chegaraoldi hududida yuz bergan mojaro munosabati bilan 1-iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga qilgan tashrifi davomida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan edi.

Uchrashuv vaqtida Rishton—So‘x yo‘lini ochish masalasi ham ko‘tarildi. Yo‘l ochilishi marosimi 2019-yil 30-avgust kuni bo‘lib o‘tdi, ammo 5-sentabr kuni yo‘l hali to‘liq ochilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan yili Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan bog‘liq masalalar hal etilishi kerakligini, uning doirasida Qirg‘izistonning veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi bo‘yicha majburiyatlari borligini ta’kidlagan.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yo‘lning yopilishi YeOII talablari bilan bog‘liqligini tasdiqladi.

“O‘tgan yili Rishton—So‘x yo‘lini ochish masalasini qo‘ygandik. Ikki kun ishladi, keyin yopildi, to‘g‘rimi? Uchrashuvda Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari (Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov — tahr.) buning uchun uzr so‘radi. Ular Yevrosiyo ittifoqiga a’zo bo‘lgani uchun, ularning talabi bilan ikki kundan keyin yana yopishga majbur bo‘lgan”, — dedi Abdulla Aripov.

Shuningdek, O‘zbekiston ham ittifoqqa kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lishi rejalashtirilayotgani hisobga olinsa, vaziyat yaqin vaqtlarda o‘zgarishi lozimligini ta’kidladi.

“Kuzatuvchi maqomi mamlakatda barcha huquqlar bo‘lishini anglatadi. Birinchi navbatda biz Qirg‘iziston tomon bilan Rishton—So‘x yo‘lini qisqa muddatda ochish masalasini qo‘ydik. Bu degani Farg‘onaga olib boruvchi yo‘l 80 kilometrga qisqaradi. Endi u davlat rahbariga borib aytadi, men ham Prezidentga bu yerdagi gaplar bo‘yicha hisobot beraman”, — degan Abdulla Aripov.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun choralar qabul qilish muhimligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют