» » Lionel Messi “Barselona”ni erkin agent maqomida tark etolmaydigan bo‘ldi

Lionel Messi “Barselona”ni erkin agent maqomida tark etolmaydigan bo‘ldi


Hujumchi Lionel Messi ushbu yozda “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etmaydi.

32 yoshli futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, o‘yinchi klubni erkin agent sifatida tark etish huquqi bor edi. ESPN nashrining xabar qilishicha, bitimdagi mazkur band 31-may, yakshanba kuni o‘z kuchini yo‘qotgan.

2017-yilda Messi “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi kelishuvini 2021-yilga qadar uzaytirgandi. Unda argentinalik forvard 2020-yilning yozida erkin agentga aylanishi mumkinligi haqidagi band bo‘lgan. Buning uchun Messi iyun oyiga qadar klub rahbariyatini ketishi haqida ogohlantirishi lozim edi.

Messiga yaqin shaxslar bunga quyidagicha sharh bergan: “Biz shartnoma borasidagi savollarga javob bermaymiz”.

Messining “Barselona” bilan kelishuvida bunday shartlar borligi ilk bor 2019-yilning sentabrida ma’lum bo‘lgandi. Shundan buyon “Manchester Siti” va boshqa klublar vaziyatni kuzatayotgandi.

Mavzuga doir: La Liga 28 va 29-tur taqvimini e’lon qildi. “Real” va “Barselona” qachon o‘ynashi ma’lum

Messi La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 22 o‘yin o‘tkazib, 19 gol va 12 ta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 16) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют