» » Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston sovg‘asi — 5 ming kishilik ulkan masjid qurilmoqda

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston sovg‘asi — 5 ming kishilik ulkan masjid qurilmoqda


Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev shaharga kiraverishda qad rostlayotgan yangi masjid qurilishi bilan tanishdi. Ushbu masjid qurilishi 2019-yilda boshlangan va u O‘zbekistonning Qozog‘istonga qilgan sovg‘asi hisoblanadi, deb yozmoqda Kazinform.

Xabarga ko‘ra, ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Turkiston shahrida barpo etilayotgan masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz o‘qishi mumkin. Arxitektura majmuasida diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar, kongress zali, to‘y saroyi, 180 o‘rinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 ta mashinaga mo‘ljallangan avtopark va ajoyib favvora bo‘ladi.

Shuningdek, xabarda Turkiston viloyati markazida yana bir nechta obyektlarning qurilishi yakunlanayotgani, ularning aksariyatida ichki bezatish, kommunal tarmoqlarni o‘rnatish va tashqi obodonlashtirish ishlari bajarilgani, qurilish ishlari ikki smenada olib borilayotgani qayd etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют