» » FIFA va UEFA Bundesliga futbochilarining Jorj Floyd o‘limi sabab amalga oshirgan aksiyasiga munosabat bildirdi

FIFA va UEFA Bundesliga futbochilarining Jorj Floyd o‘limi sabab amalga oshirgan aksiyasiga munosabat bildirdi


FIFA va UEFA tashkilotlari afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limi sabab Bundesliga futbolchilari amalga oshirgan aksiyalarga o‘z munosabatini bildirdi.

“FIFA shu kunga qadar irqchilik va har qanday kamsitishga qarshi kurashib kelgan va yaqinda shu kabi vaziyatlarni ildizi bilan yo‘q qilish uchun tartib-intizom qoidalarini qat’iylashtirdi. FIFA o‘z tasnifidagi musobaqalarda doim irqchilikka qarshi qaratilgan aksiyalarni tashkil qilib keladi.

IFAB belgilab bergan qoidalarni o‘yinda qo‘llash har bir musobaqa tashkilotchisining vazifasi hisoblanadi”, — deyilari FIFA bayonotida.

Bu borada FIFA prezidenti Janni Infantino ham o‘z munosabatini bildirdi.

“Shubhalarni aritish uchun shuni aytishim kerak, yaqinda Bundesliga o‘yinlarida futbolchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar olqishga loyiq, jazoga emas.

Biz barchamiz irqchilik va istlagan kamsitishga yo‘q deyishimiz kerak. Zo‘ravonlikka yo‘q deyish lozim. Istalgan turdagi zo‘ravonlikka”, — deydi Infantino.

Shuningdek, UEFA ham mazkur aksiyani qo‘llab-quvvatladi.

“Irqchilikka yo‘q deymiz. Birgalikda kuchliroqmiz”, — deyilari tashkilot Twitter’ida. Shuningdek, mazkur postga quyidagi heshteglar ham qo‘yildi: #BlackLivesMatter (qoralar hayoti ma’noga ega), #BlackoutTuesday (qora seshanba) va #JusticeForGeorgeFloyd (Jorj Floyd uchun adolat).

Bundesliga 29-turida Jeydon Sancho, Ashraf Hakimi (ikkisi — “Borussiya D”), Markus Tyuram (“Borussiya M”) va Ueston Makkenni (“Shalke-04”) o‘ziga xos yo‘llar bilan Jorj Floydning o‘limiga munosabat bildirgan. Mazkur aksiyalar yuzasidan Bundesliga tartib-intizom ishi qo‘zg‘agan.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi Derek Shovin uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi. Donald Tramp Oq uy qarshisida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi vaqtida yerosti bunkeriga berkingani ma’lum bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют