» » Dastin Porye Habib Nurmagomedov bilan bo‘ladigan jangda Jastin Getjining imkoniyatlarini baholadi

Dastin Porye Habib Nurmagomedov bilan bo‘ladigan jangda Jastin Getjining imkoniyatlarini baholadi


Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye 2020-yilning sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yengil vazn toifasining vaqtinchalik chempioni Jastin Getji va ushbu vaznda kamar sohibi Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jastin — shubhasiz, kuchli va tajribali jangchi. Ammo Habibning kurash uslubi umuman boshqa narsa. Bu shunchaki, havaskor kurash emas.

Agar Getji to‘rdan uzoqroq tura olsa, Nurmagomedovga uni parterga o‘tkazish qiyin bo‘ladi. Ammo Habib uni to‘rga siqib olsa, u Getji bilan har narsa qilishi mumkin. Ammo oktagon markazida Getji unga muammolar tug‘diradi”, — deydi Porye.

Jastin Getji 10-may kuni UFC 249 musobaqasining markaziy jangida Toni Fergyusonni muddatdan oldin mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng u Habib Nurmagomedov bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Habib Nurmagomedovning UFC’dagi debyut jangini ko‘rganmisiz? (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют