» » “Barselona” futbolchilari maoshining yana bir bor qisqartirilishiga qarshi chiqdi

“Barselona” futbolchilari maoshining yana bir bor qisqartirilishiga qarshi chiqdi


“Barselona” rahbariyati koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz sabab yana o‘z futbolchilariga maoshni kamaytirish borasida iltimos bilan chiqdi.

Mart oyida tomonlar maoshni qisqartirish borasida kelishuvga erishgandi va mazkur kelishuvda belgilangan muddat o‘z yakuniga yetmoqda. Ortda qolgan uch oy mobaynida katalon klubi futbolchilari maoshining 17 foizini yo‘qotdi. Buning evaziga “Barselona” 40 million yevro tejab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

RAC1 nashrining xabar qilishicha, klub bu safar ham maoshlarni kamaytirish taklifi bilan chiqqan, bu “Barselona”ga yana 10 millionni tejab qolish imkoniyatini taqdim etardi.

Ta’kidlanishicha, bu borada “Barsa” prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning shaxsan o‘zi 23-may kuni futbolchilarga murojaat bilan chiqqan. Ammo jamoa a’zolari mazkur taklifga rad javobini bergan. Ispaniya chempionati yaqin orada davom ettirilishi sabab futbolchilar bu taklifga rozi bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab mart oyida to‘xtab qolgan La Liga joriy mavsumi 13-iyundan davom etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют