» » Samarqand viloyati hokimi: Bulung‘urda oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilish, diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan

Samarqand viloyati hokimi: Bulung‘urda oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilish, diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan


15-aprel kuni xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev ma’ruza qildi, deb yozadi “Zarnews.uz”.

Ma’ruzada tumanda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari tahlil etilib, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Joriy yil birinchi choragida tumanda 92,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘n foiz o‘sish ko‘rsatkichi qayd etildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar ko‘rsatish va chakana savdoda ham 2016-yil birinchi choragiga qaraganda o‘sishga erishildi. Dasturlar doirasida 18 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Meva-sabzavotni qayta ishlovchi uchta korxona ish boshladi. 69 ta kichik biznes subyekti tashkil etilib, ularning umumiy soni 658 taga yetdi.

“Afsuski, tuman rahbarlari, mutasaddilarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashmaganligi tufayli belgilangan ko‘plab vazifalar bajarilmay qoldi. Jumladan, sanoat yo‘nalishidagi aksariyat loyihalar amalga oshmadi. Buning oqibatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat ko‘rsatkichidan ancha pastligicha qolmoqda. Tumanning viloyat sanoatidagi ulushi bor-yo‘g‘i 3,2 foizni tashkil etmoqda.

Meva-sabzavot yetishtirish, uzumchilikda boy tajriba to‘plangan Bulung‘urda keyingi yillarda mazkur sohalarda ham orqaga ketish kuzatilmoqda. Ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish, ekin turlarini o‘zgartirish, takroriy ekin ekish, g‘alladan qisqargan yerlarda bog‘-tokzorlar barpo etish, debitor qarzdorlikni qisqartirish ishlari umuman talabga javob bermaydi. Joriy yilda parrandachilik yo‘nalishida kurka, o‘rdakchilik tarmoqlari bo‘yicha loyiha taklif etilmagan. 505 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilsa-da, birorta zamonaviy muzlatkichli omborxona yo‘q.

Tumanda kommunal sohada mavjud muammolar va debitor qarzdorlikning oshib borayotgani, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi jiddiy nuqsonlar, tartib-intizomning yo‘qligi, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomati hamda ta’lim sifati va samaradorligining pastligi tashvish bilan qayd etildi. Mahallalar faoliyati talabga javob bermaydi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilish, otalikni belgilash, diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan”, — dedi viloyat hokimi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Bulung‘ur tumani hokimi Xayriddin Xo‘jayorov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti sho‘ba mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Rahimov Furqat Jalolovich Bulung‘ur tumani hokimi etib tasdiqlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют