» » Tyulen moyi — salomatlik va uzoq umr manbayi

Tyulen moyi — salomatlik va uzoq umr manbayi


Zamonaviy insonning axborot olish imkoniyati evaziga deyarli hammamiz to‘yinmagan yog‘ kislotalarining inson salomatligi uchun ahamiyati to‘g‘risida eshitgan yoki o‘qiganmiz.

Tengsiz yog‘ kislotalari – inson metabolizmida ahamiyatli ishtirok etuvchi qator to‘yinmagan yog‘ kislotalaridir. Organizm kislotalarni bir turidan boshqasiga o‘tkazishga qodir, biroq u ikkala turni ham oddiy moddalardan sintez qila olmaydi, shuning uchun ham ular mikroelementlar kabi oziq-ovqat tarkibida bo‘lishi shart. Mazkur birikmalarning asosiy vakillari – omega-3 va omega-6 bo‘lib hisoblanadi.

Fanda to‘yinmagan yog‘ kislotalarining kashf etilishi o‘tgan asrning 20-yillaridagi tadqiqotlar bilan bog‘liq. Daniya olimlari hayratlanarli va hatto biroz g‘alati xulosaga kelishgan. Ma’lum bo‘lishicha, baliq va dengiz hayvonlarining yog‘lariga boy oziq-ovqat iste’mol qiladigan shimolning tub aholisi deyarli aterosklerozdan aziyat chekmas ekan. Bundan tashqari, ularning qonidagi xolesterin darajasi doimo normal bo‘lib qolaveradi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kungacha eskimoslar doimiy ravishda iste’mol qiladigan baliq va tyulen moyi maxsus shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lib, tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud. Shu bilan birga, tyulen moyi baliq moyiga nisbatan qimmatli mahsulotdir, chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud.

Tyulen moyi bu – mutlaqo noyob mahsulot bo‘lib, u biologik faol moddalarning samarali moslashishidan tashkil topgan. Undagi omega-3 va omega-6 kislotalarining nisbati 2:1 optimal balans, eng samarali nisbatdir.

Tyulen moyining noyobligini tushunish uchun uning tarkibini ko‘rib chiqish zarur:

• Omega-3 va omega-6 kislotalarining optimal balansi (2:1). Tarkibning deyarli 73 foizi – to‘yinmagan yog‘ kislotalari (11 kislota)dan iborat. Taqqoslash uchun: zig‘ir moyida ulardan faqat uchtasi mavjud.

• Yog‘da eriydigan vitaminlar: antioksidantlar sifatidagi A, D, F, K, E vitaminlar mavjudligi.

• Mikroelementlar: temir, marganets, kalsiy, magniy, xlor, yod, brom (ionlar).

• Skvalen – tabiiy to‘yinmagan uglevodorod bo‘lib, u ko‘plab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi, organizmda modda almashinuvini hujayra darajasida yaxshilanishiga yordam beradi va tabiiy onkoprotektor bo‘lib hisoblanadi. Skvalen hayvonot olami vakillaridan akula jigarida (60 foizgacha), tyulenlar va boshqa sutemizuvchilarning ba’zi turlarining terisi ostida uchraydi.

Hua Yang tovar belgisidagi “Tyulen moyi” biologik faol qo‘shimchasi Shveysariya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi F. Hoddmann-La Kichemont tomonidan ishlab chiqilgan retsept asosida tayyorlanadi. Tyulen moyi tarkibi kattalar uchun muvozanatli ovqatlanish formulasini to‘liq aks ettiradi deb hisoblanadi. Mazkur mahsulotning olti grammi katta yoshdagi inson uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari, vitaminlar, yod va qisman mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi.

Tyulen moyi asosida turli xil preparatlar va dorivor moddalar tayyorlanadi. Hua Yang birinchi milliy parafarmatsevtik tovar belgisi “Tyulen moyi” biologik faol qo‘shimchasini tarkibida tyulen moyi, jelatin va glitserin mavjud bo‘lgan kapsula shaklida taklif etadi. Tyulen moyi organizmga bir qator muammolarni yengishga yordam beradi. Uning asosiy ta’siriga quyidagilar kiradi.

• Yod tanqisligini to‘ldiradi;

• Yog‘ va oqsil metabolizmini normallashtiradi;

• Qonda xolesterin konsentratsiyasini kamaytiradi;

• Organizm qarishini sekinlashtiradi;

• Yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirga ega;

• Yallig‘lanish kasalliklarida bo‘g‘im to‘qimalari holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi;

• Qalqonsimon bez va qon hosil qiluvchi organlarning ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

• Qon tarkibini yaxshilaydi va boyitadi;

• 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi;

• To‘qimalar yangilanishi (tiklanishi)ni rag‘batlantiradi;

• Immunitet ishini rag‘batlantiradi.

O‘zbekistonda Hua Yang tovar belgisining 17 yillik faoliyati davomida taklif etilayotgan parafarmatsevtika mahsulotlarining turlari biologik faol qo‘shimchalar nomi 18 taga o‘sdi. O‘tgan yillar mobaynida tovar belgisi mahsulotlarining yuqori sifati va samaradorligi tibbiyotning turli yo‘nalishlaridagi tibbiy tadqiqotlar yuqori natijalari, shuningdek, doimiy mijozlar va tibbiyot mutaxassislarining fikr-mulohazalari bilan bir necha bor tasdiqlandi.

Salomatlik bu — siz va tanangiz o‘rtasidagi munosabatdir. Sog‘ bo‘ling!

Hua Yang parafarmatsevtik tovar belgisi haqida batafsil ma’lumot bilan www.huayang.uz saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (+998 97) 751 36 36

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют