» » Ismini o‘zgartirgan, prezident bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Merilin Monro haqida faktlar

Ismini o‘zgartirgan, prezident bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Merilin Monro haqida faktlar


Merilin Monro hayot bo‘lganida 1-iyun kuni 94 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Gollivudda oz fursat ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

1. Merilinning haqiqiy ismi Norma Jin Beyker bo‘lgan. Unga ismi va soch rangini o‘zgartirishni 53 yashar kinoagent Jon Hayd maslahat bergan. Taklif qilingan ismlar ro‘yxatida Kerol Lind, Kler Norman va Merilin Miller ismlari bo‘lgan.

2. Merilinning bolaligi oson kechmagan. Oilaviy mojarolar sabab boshqa oilada, keyinchalik bolalar uyida yashashga majbur bo‘lgan. Yosh turmush qurgan aktrisa havo yo‘llari zavodiga ishga kiradi va aynan shu joyda modellikka taklif bo‘ladi.

3. Monro Chanel №?5 ifori, Guerlain Rouge Diabolique lab bo‘yog‘i va Helena Rubinstein tushidan foydalanishni yoqtirgan.

4. Fotomodellik faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan Merilin surati Life jurnalining muqovasida? naqd to‘rt marotaba chop etilgan.

5. Ko‘pchilik aktrisani millioner bo‘lgan deb hisoblaydi, lekin aslida bunday emas. Aktrisa olgan eng katta gonorar “Jazda faqat qizlar” filmi uchun berilgan bo‘lib, mablag‘ 300 million dollarni tashkil qilgan.

6. Merilinning sevimli kiyim brendlari Emilio Pucci, Salvatore Ferragamo, Christian Dior va Jean Louis bo‘lgan.

7. Monro 3 marta turmush qurganiga qaramay, AQSh prezidenti Jon Kennedi bilan ishqiy munosabatlari eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan.

8. 36 yoshida vafot etgan aktrisa karyerasi davomida atigi uchta mukofot — “Oltin globus”, “David di Donatello” va “Genriyetta mukofoti”ni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют