» » AQShda Melaniya ismi ommalashdi

AQShda Melaniya ismi ommalashdi


AQSh ijtimoiy ta’minot boshqarmasining eng ommabop ismlar reytingiga ko‘ra, qiz chaqaloqlarga Melaniya ismini qo‘yish urfga aylanmoqda. Bu haqida “TASS” xabar berdi.

Reyting natijalariga ko‘ra, mamlakat birinchi xonimining ismi eng tez ommalashayotgan ismlar beshtaligiga kirgan. Umumiy ro‘yxatda ism 720 ta pog‘ona yuqoriga – 2016-yilgi 1650-o‘rindan 930-o‘ringa ko‘tarilgan. Reytingning yuqori pog‘onalarini Ensli (1461-o‘rindan 965-o‘ringa) va Oklin (1072-o‘rindan 886-o‘ringa) ismlari egallagan. Melaniya ismi kelib chiqishiga ko‘ra grekcha bo‘lib, “qora” degan ma’noni anglatadi.

Erkaklar ismlari ro‘yxatida Donald avvalgi 488-o‘rnida qolgan. Prezidentning ismi 1934-yil (Donald Tramp tug‘ilishidan 12 yil ilgari) o‘z mashhurligining cho‘qqisiga chiqqan. O‘sha yili Donald ismi AQShda mashhurligi bo‘yicha 6-o‘rinni band qilgan. Hozir esa eng ommabop ismlar reytingida erkaklarning Uilyam, ayollarning Emma ismi yetakchilik qilmoqda.

Oxirgi haftalarda prezident rafiqasining ismi ancha ommalashdi. CNN tomonidan yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga qaraganda, 57 foiz amerikaliklar Melanya Tramp haqida ijobiy fikrda ekanini bildirgan. Yanvarda bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil etgan. So‘rovnoma qatnashchilarining 27 foizi birinchi xonimga nisbatan salbiy munosabatda ekanini aytgan.

48 yoshli Melaniya va Donald Tramp 2005-yili turmush qurgan. Melaniya Sloveniyada tug‘ilgan, turmush qurishiga qadar familiyasi Knauss edi. 16 yoshidan boshlab modellik biznesi bilan shug‘ullangan. Sloveniya universitetida dizayner mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 1996-yildan boshlab Nyu-Yorkda yashagan. Xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi, 2005-yildan buyon“Qizil xoch” jamiyatining AQSh boshqarmasida ko‘ngilli elchi sifatida faoliyat yuritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют