» » Yangi Zelandiyada qozoq elchisi xaka raqsi va burun urishtirish bilan kutib olindi

Yangi Zelandiyada qozoq elchisi xaka raqsi va burun urishtirish bilan kutib olindi


Qozog‘istonning Singapur va Yangi Zelandiyadagi elchisi Usen Sulaymon Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Rasmiy taqdimotda Yangi Zelandiyaning maori qabilasi madaniy guruhi ishtirokida an’anaviy marosim bo‘lib o‘tdi. Bunda Qozog‘iston elchisi xongi an’anaviy salomlashishi va xaka marosim raqsi orqali kutib olindi.

Xaka — maori qabilasining marosim raqsi bo‘lib, unda ijrochi oyoqlari bilan yer tepinib, o‘zining son va ko‘kraklarini urib, jo‘rlikda baqirib o‘yinga tushadi.

Xongi — an’anaviy salomlashish usuli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “hayot nafasi bilan almashish” deya tarjima qilinadi. Bunda maorilik burnini suhbatdoshining burniga tekkizadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют