» » Samarqandda deyarli 600 million so‘mlik un mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqandda deyarli 600 million so‘mlik un mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi


Samarqand viloyatida juda ko‘p miqdordagi un mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida “Samarqanddonmahsulotlari” AJga qarashli 191-sonli do‘kon sotuvchisi D.U. 391,7 million so‘mlik mahsulotlarni sotishdan tushgan naqd pullarni jamiyat kassasiga kirim qilmasdan kamomadga yo‘l qo‘yganligi, shuningdek, ushbu holat yuzasidan D.U. 350 million so‘mni “Agrobank” ATB Samarqand hududiy filialiga topshirganligi haqida kvitansiyani taqdim etgan bo‘lsa-da, 350 million so‘m naqd savdo puli mazkur bank filialiga kirim qilinmagani aniqlangan.

Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Jomboydonmahsulotlari” OAJga qarashli 170-sonli do‘kon sotuvchisi A.T. ham o‘ziga ishonib topshirilgan 193,2 million so‘mlik un mahsulotlarini sotishdan tushgan mablag‘larni jamiyatga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani oydinlashgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют