» » Navoiyda yana 35 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3900 kishidan oshdi

Navoiyda yana 35 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3900 kishidan oshdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 2020-yil 4-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 35 kishiga ko‘payib, 3909 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar hisoblanadi. Qolgan 8 nafari esa aholi orasida, shu jumladan 6 nafar Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida qayd etilgan.

Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3082 nafar fuqaro kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda 811 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. 16 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-iyundan masjidlar, 15-iyundan restoran va bog‘chalar ochiladi. Maxsus komissiyaning yangi qarori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют