» » O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi


19-aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida 2015-yil 12-dekabrda qabul qilingan Parij bitimining O‘zbekiston tomonidan imzolanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Uz24.

Bitimni O‘zbekiston nomidan mamlakatning AQShdagi elchisi Baxtiyor G‘ulomov imzoladi. Hujjatni imzolash marosimida BMT tomonidan Tashkilot Kotibiyati Huquqshunoslik boshqarmasining Shartnomalar seksiyasi rahbari S. Villalpando ishtirok etdi.

Jahon AA xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida O‘zbekiston Parij bitimini imzolagan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgani haqida axborot materiali tayyorlanib, BMT Kotibiyati tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida tarqatildi. Hujjat imzolanganidan so‘ng Bitimning asl nusxasi saqlash uchun mazkur vazifa ijrosi tashkilot Bosh kotibi mutasaddiligida bo‘lgan BMT Depozitariysiga taqdim etildi.

Parij bitimi iqlim o‘zgarishi 2020-yildan atmosferada bug’xona gazlari miqdorini kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki konvensiyasi doirasida qabul qilingan hujjat hisoblanadi. Mazkur bitim 2015-yil 12-dekabrda Parijda bo‘lib o‘tgan Iqlim bo‘yicha konferensiyasi chog‘ida Kioto protokolining rivoji sifatida qabul qilingan. Bitimdan ko‘zlangan maqsad BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dastlabki konvensiyasi “hayotga tadbiq etilishini faollashtirish”, xususan, haroratning global o‘sishini Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 2 darajadan past holatda ushlab turish va harorat o‘sishi 1,5 darajada cheklanishi uchun sa’y-harakatlarni ishga solish bilan izohlanadi.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют