» » Krishtianu Ronaldu — milliarderga aylangan ilk futbolchi

Krishtianu Ronaldu — milliarderga aylangan ilk futbolchi


Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliarderga aylangan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

2019-yilda 105 million dollar (92 million yevro) daromad qilgan futbolchi milliard dollarlik dovonni zabt etgan. Mart oyida  Business Insider futbolchi 2020-yilda o‘zining ilk milliard dollarini ishlab topishini bashorat qilgandi.

Ma’lumot uchun, Forbes mazkur pullarni hisoblashda Ronalduning faoliyati mobaynidagi maosh, homiylar va boshqa investitsiyalardan tushgan mablag‘larni inobatga olgan.

Shu tariqa Ronaldu bokschi Floyd Meyvezer va golfchi Tayger Vuds ortidan milliarder sportchilar qatoridan joy oldi. Shuningdek, Maykl Jordan ham milliard dollar ishlab topgan, biroq sobiq NBA afsonasi basketboldan ketganidan keyin ushbu ko‘rsatkich qayd etilgan. 2020-yilda shuningdek, shveysariyalik tennischi Rojer Federer ham millarder sportchilar qatorisha qo‘shilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: So‘nggi 1 yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu yetakchi, Saloh kuchli beshlikda

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют