» » Dahshatli falokat haqida hikoya qiluvchi “Chernobil” seriali 14 ta nominatsiya bo‘yicha BAFTA mukofotiga tavsiya etildi

Dahshatli falokat haqida hikoya qiluvchi “Chernobil” seriali 14 ta nominatsiya bo‘yicha BAFTA mukofotiga tavsiya etildi


Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining a’zolari BAFTA TV Awards mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. HBO tomonidan yaratilgan “Chernobil” seriali 14 yo‘nalish bo‘yicha mukofotlarga da’vogarlik qilmoqda. Loyiha nominatsiyalar soni bo‘yicha yetakchiga aylangan, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.

“Chernobil” seriali mazkur mukofot tarixida eng ko‘p nominatsiyalarga da’vogarlik qilgan loyihalardan biriga aylandi. U “Eng yaxshi mini-serial” nomiga, aktyorlar Jared Xarris va Stellan Skarsgard esa “Eng yaxshi aktyor” va “Eng yaxshi ikkinchi plan aktyori” nomzodlariga aylangan.

Netflix’ning “Toj” nomli tarixiy seriali esa yettita yo‘nalish bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin. BAFTA mufokotiga nomzodlar ro‘yxati mart oyida e’lon qilinishi, taqdirlash marosimining o‘zi esa — aprel va may oylarida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyoda bir qator marosimlar va tadbirlar qoldirilgan.

Shu sababli BAFTA TV Awards mukofotini topshirish marosimi 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Suratga olish ishlari yopiq studiyalarda amalga oshiriladi, nomzodlarga esa o‘z mukofotlari virtual ravishda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Chernobil” “Eng yaxshi serial” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют