» » Toshkentda avtobus haydovchilari uchun qo‘yilgan kunlik “plan” bekor qilinadi

Toshkentda avtobus haydovchilari uchun qo‘yilgan kunlik “plan” bekor qilinadi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 8-iyunidan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgani to‘g‘risida xabar qilingandi. “Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, avtobus haydovchilari uchun kunlik rejalar bekor qilinadi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A’zam Abdullayevning ma’lumot berishicha, endilikda haydovchilarga yangicha talablar qo‘yilishi bilan bir qatorda ularning ishlari yengillashtirilib, qator imtiyoz va takliflar ham nazarda tutilmoqda.

“Avvalo haydovchilarga qo‘yilgan talablarimizni kuchaytirdik. Barcha belgilangan qoidalarga har bir haydovchi rioya etishi shart. Shunga yarasha ancha imtiyoz va yengilliklar kiritilmoqda. Jumladan, haydovchi va chiptachilar uchun ancha qiyinchilik tug‘dirgan, oldindan o‘rnatilgan rejalar endi yo‘q. Qancha pul tushishi ularning muammosi emas.

Haydovchilar 15 kun ishda va mos ravishda bir oyda 15 kun uyda bo‘lishadi. U belgilangan manzilga aniq ko‘rsatilgan vaqtda yetib borishi kerak. Haydovchi oldin ma’lum pul tushumini yig‘ishi kerak bo‘lar edi, agar yig‘masa oyligiga ta’sir qilib, har kuni ishlashiga to‘g‘ri kelardi. Endi bunday bo‘lmaydi. Haydovchilarning o‘zigina emas, farzandlariga ham dam olish uchun yo‘llanmalar beriladi. Ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi”, – deydi A’zam Abdullayev.

Ta’kidlanishicha, hozirda aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, avtokorxonalar tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish, haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli 22-martdan buyon Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют