» » “Toshshahartransxizmat”: Avtobus bekati — avtomobillar uchun to‘xtash joyi emas

“Toshshahartransxizmat”: Avtobus bekati — avtomobillar uchun to‘xtash joyi emas


“Toshshahartransxizmat” haydovchilarga avtobus bekatlarida avtomobillarni to‘xtatish taqiqlanishini eslatdi.

“Har kuni avtobus haydovchilari bekatga kelishda u yerdagi kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan avtomobillarga ro‘baro bo‘ladi. Avtomobillar bekat va shoxbekatlarga joylashib, avtobuslarning harakatiga xalaqit beradi”, — deyiladi xabarda.

Poytaxtda avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha 2 179 ta bekat mavjud. Bekatlarni avtomobillardan bo‘shatish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari YPX YHXB bilan birga muntazam ravishda tozalash tadbirlarini o‘tkazadi.

Biroq, shunga qaramay bekatlarni turargoh qilib olish holatlari hamon uchramoqda.

Yo‘l belgilari haqida eslatma:

5.12 — ishora belgisi avtobus bekati mavjudligi haqida ogoh qiladi.

3.27 — ishora belgisi yo‘nalishdagi avtobuslardan boshqa transport vositalarining to‘xtashini taqiqlaydi.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Ayniqsa, avtobuslar harakatiga halal bermang. Zero, unda har birimizning yaqinlarimiz bo‘lishi mumkinligini unutmaylik”, — deydi “Toshshahartransxizmat”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют