» » Toshkentda kameralar ishga tushganining 4-haftasiga kelib avtobuslarning qoidalarga rioya qilishi kuchaydi

Toshkentda kameralar ishga tushganining 4-haftasiga kelib avtobuslarning qoidalarga rioya qilishi kuchaydi


Toshkentda kameralar ishga tushganidan ma’lum vaqt o‘tib, qoidabuzarliklar soni keskin kamaydi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati.

Dastlabki uch hafta davomida 169 ta qoidabuzarlik qayd qilingan bo‘lsa, undan keyingi bir hafta — 6—13-aprel oralig‘ida atigi 22 ta qoidabuzarlik ro‘yxatga olindi. Jumladan, 4- va 2-avtobus saroyi haydovchilari tomonidan bu davrda xatolikka umuman yo‘l qo‘yilmadi.

3-va 18-avtobus saroylari haydovchilari uch martadan qoida buzgan bo‘lsa, 8-12-avtosaroy haydovchilari to‘rt martadan qoidabuzarlik qildi. Eng ko‘p qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan “5-avtobus saroyi” MChJ haydovchilari bo‘lib, ular sodir etgan xatolar 5 martani tashkil etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют