» » Toshkent yo‘llaridagi kameralar oxirgi yetti kunda 8 mingdan ziyod qoidabuzarlikni aniqladi. 15-mart kuni bir sutkada shuncha qoidabuzarlik qayd etilgan edi

Toshkent yo‘llaridagi kameralar oxirgi yetti kunda 8 mingdan ziyod qoidabuzarlikni aniqladi. 15-mart kuni bir sutkada shuncha qoidabuzarlik qayd etilgan edi


Toshkent shahrida 15-martdan 29-martga qadar 883 ta kuzatuv kameralari yordamida 45 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda 30-mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Shundan 26 mingtaga yaqinini svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 19 mingdan ziyodini esa tezlikni belgilangan me’yordan oshirganlik qoidabuzarliklari tashkil etgan.

So‘nggi bir hafta — yetti kun — davomida esa chorrahalardagi kameralar tomonidan 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan. Ularning yarmini qizil chiroqda harakatlanish, qolganini esa tezlikni oshirish holatlari tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, kameralar ishga tushgan 15-mart kuni bir sutkada 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent YHXB: Chorrahalarda kameralarning ishga tushishi qoidabuzarliklar soni kamayishiga olib keldi

“Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida esa jami 19 258 ta qoidabuzarlik aniqlangan”, — deyildi brifingda.

Qayd etishlaricha, hafta davomida 15 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan — kameralar ishga tushirilganligi munosabati bilan, bu o‘tgan yilning shu haftasiga nisbatan 13 taga kam. Odam o‘limi bilan bog‘liq holat esa 5 taga kamaygan (o‘tgan yetti kun davomida 1 ta aniqlangan).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют