» » UFC 250. Amanda Nunyes Felitsiya Spenserni taslim etib, yana bir bor chempionlikni himoya qildi

UFC 250. Amanda Nunyes Felitsiya Spenserni taslim etib, yana bir bor chempionlikni himoya qildi


AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 7-iyun, yakshanba tongida UFC 250 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunyes (20-4) yarim yengil vazn toifasi vakili Felitsiya Spenserga qarshi bahs olib bordi. Unda Amanda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yana bir marta kamarni himoya qildi.

Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:

Kodi Garbrandt (12-3) Rafael Assunsaoni (27-8) ikkinchi raundda nokautga uchratdi;

Aljameyn Sterling (19-3) birinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Kori Sendhagenni (12-2) taslim etdi;

Nil Magni (23-7) ochkolar hisobida Toni Martindan (17-6) ustun keldi: (30-27, 30-27, 29-28);

Shon O’Melli (12-0) birinchi raunddayoq Eddi Uaynlendni (24-14-1) nokautga uchratdi.

Nokautlarga boy bo‘lgan UFC 250 musobaqasi jangi videolarini ko‘rish



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют