» » Sirdaryoda fuqaroni qalbaki ma’lumotlar yordamida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda fuqaroni qalbaki ma’lumotlar yordamida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida fuqaroga Qozog‘istondagi OTMda o‘qiganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotnoma olib berish va uni Guliston davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, o‘zini Guliston davlat universiteti talabasi deb tanishtirgan S.P., fuqaro Z.A.dan shu maqsadda 6,7 million so‘m va 100 dollarni olgan vaqtida Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, S.P.ning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda Toshkent Davlat Agrar universiteti assisent-o‘qituvchisi A.U. “talaba” S.P.dan 6,2 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.P. va A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qirg‘izistondan o‘qishni ko‘chirish evaziga 4 ming dollar olayotgan Andijon davlat universitetining 2 o‘qituvchisi qo‘lga olingani xabar berilgan edi.

Mazvuga doir: DXX 5 ming dollar evaziga konservatoriyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan litsey o‘qituvchisini qo‘lga oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют