» » Andijonda kadastr xodimi 800 dollar pora bilan ushlandi

Andijonda kadastr xodimi 800 dollar pora bilan ushlandi


“Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr” DK Andijon shahar filiali bo‘lim boshlig‘i 400 dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr” DK Andijon shahar filiali bo‘lim boshlig‘i K.B., fuqaro Z.D.ning turar joy bino-inshootiga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rahbarlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 800 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish) va 28, 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda kadastr xodimining 7800 dollar pora bilan qo‘lga tushishi ortidan filial rahbari ishdan olingani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xivada 400 dollar pora so‘ragan kadastr xodimi qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 11) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют