» » Andijonda pora bilan qo‘lga tushgan kadastr xodimi o‘z boshlig‘ini tutib berdi

Andijonda pora bilan qo‘lga tushgan kadastr xodimi o‘z boshlig‘ini tutib berdi


2018-yilning 25-dekabr kuni fuqaro K.L.ning arizasi yuzasidan DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Tadbir davomida “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” DK Andijon shahar filiali mutaxassisi I.S. rahbari D.T. o‘ziga noqonuniy ravishda o‘zlashtirib olgan Andijon shahrining Ko‘makay massivida joylashgan 2 ta 4 sotixli yer-uchastkalarining har biri uchun 10 ming dollaridan, jami 20 ming dollarini talab qilgan. I.S. vositachi N.M. orqali oldindan 10 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

I.S. olingan pullarni boshlig‘i D.T.ga berishi kerakligini ta’kidladi. Uning pushaymonlik arizasi asosida tadbir davom ettirildi. Andijon shahar “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” DK boshlig‘i D.T. qo‘l ostidagi xodimi I.S.dan kelishilgan yerlardan birini ajratish bo‘yicha shahar hokimining qarorini chiqarish uchun 10 ming dollari olib, I.S.ga 1 ming dollarni qaytarib beradi. D.T. qolgan 9 ming dollarini olib ketayotgan vaqtda ushlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют