» » Ozbekiston OTMlariga qabul kvotasi 18 foizga oshiriladi

Ozbekiston OTMlariga qabul kvotasi 18 foizga oshiriladi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy talim tiziminiyanada rivojlantirish chora-tadbirlaritogrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat matnini OzA elon qildi.

Qarorga keltirilgan sharhda aytilishicha, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy talim tizimini modernizatsiya qilish, unga oqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash boyicha ixtisoslik yonalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy talim tizimidagi mavjud holatni organish natijalari shuni korsatmoqdaki, qator oliy talim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, talim jarayonining oquv-metodik va axborot taminoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy talim tizimida oquv jarayoniga ilgor xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-talim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yolga qoyish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti, deyiladi unda.

Qabul qilingan qarorda oliy talim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilandi. Ular orasidahar bir oliy talim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-talim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yolga qoyish, oquv jarayoniga xalqaro talim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talim dasturlari va oquv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el oqituvchilari va olimlarini jalb etish kabi bandlar mavjud.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini toliq taminlash maqsadida oliy talim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy talim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy oquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy talim tizimini 2017-2021-yillarga moljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy talim muassasasida jami 180 ta oquv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital tamirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy talim muassasasida 400 ta oquv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy oquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy talim muassasasida barcha oliy talim muassasalari ozaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Qarorning muhim ahamiyatini korsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakat Prezidenti tomonidan har bir oliy talim muassasasi boyicha konkret parametr va korsatkichlarni oz ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi, deyiladi hujjat sharhida. Bular:

oliy talim tizimida yangi talim ixtisoslik yonalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy korsatkichlarini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 20172021-yillarga moljallangan parametr va korsatkichlari;

oquv binolari, talabalar turar-joylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash hisobidan yangi oquv orinlarini tashkil etish, yangi oquv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni komputer texnikasi bilan jihozlash;

professor-oqituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy oquv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada talim olishi, hamda respublikamizning tayanch oliy oquv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan otishi va malaka oshirishi.

: admin (21-04-2017, 09:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -