» » Xiaomi “aqlli” pardalarni taqdim etdi

Xiaomi “aqlli” pardalarni taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi “aqlli” uy ekotizimiga qo‘shimcha ravishda noodatiy mahsulotlarni yaratishda davom etmoqda. Kompaniya Mi Smart Curtain nomli “aqlli” pardani taqdim etdi, deb yozadi Gizmochina.

Smart Curtain pardasi masofadan turib ochib-yopish imkonini beradigan motorga ega magnit-alyuminiyli qorishmadan tayyorlangan uch metrli reykadan iborat. Qurilmani boshqarish uchun maxsus pult ham yaratilgan. Devays 1,5 metrli sim yordamida rozetkadagi elektr energiyasidan quvvat oladi.

Boshqaruv pultidan tashqari pardani “aqlli” uyga mo‘ljallangan Xiaomi Mi Home dasturiga ham ulab qo‘yish mumkin. Shuningdek, u ovozli buyruqlarni ham bajarishga qodir. Bundan tashqari, pardalar tashqaridagi quyosh nuriga qarab, o‘zi mustaqil ochilib-yopiladi.

Quvvati tugagan bo‘lsa ham pardalarni qo‘l yordamida ochib-yopsa bo‘ladi.

Xitoy kompaniyasi 10-iyundan boshlab mazkur yangi qurilma uchun mablag‘larni Youpin kradufanding platformasi orqali jalb qilishni rejalashtirmoqda. Mi Smart Curtain’ning bozor narxi 799 yuanni (107 dollar) tashkil etadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют