» » O‘zbekiston bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi

O‘zbekiston bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi


O‘zbekiston hududlarida raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun, dushanba kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

Taqdimotda IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochish vazifasi qo‘yildi. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston maktablarida 5-sinfdan boshlab o‘qitilayotgan “Informatika” fani takomillashtiriladi

Mazkur taqdimotda “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinib, ularning 5400 nafariga malaka sertifikati berilgani ma’lum qilindi. 2020-yil yakuniga qadar 100 ming nafar va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 ming nafar o‘quvchini o‘qitish, talabalarning dasturiy ta’minot bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari tashabbusi bilan 2020-yil — Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingandi. Prezident Oliy Majlisga shu yil yanvardagi murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Shu asosda, O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют